Ovozdan matnga
Oʼzbek tilida

Qozoqcha · Qirgʼizcha · Inglizcha · Ruscha

Suhbat va uchrashuvlarni Mac’da matnga aylantiradi. Bulutsiz, internetsiz.

Bosing va oʼzbekcha gapiring

Barcha suhbatlar
matnga

Zoom, Meet, Telegram, xohlagan joyingizda. Bir soatlik yozuv taxminan uch daqiqada vaqt belgilari bilan matnga aylanadi. Hammasi kompyuteringizda hisoblanadi, fayl hech qayerga ketmaydi.

Ovozdan kod va matn,
real vaqtda

Tugmani bosib turasiz, gapirasiz, qoʼyib yuborasiz. Matn kursor turgan joyda paydo boʼladi: chatda, hujjatda, terminalda. Claude Code yoki Codex bilan ovozli kod yozish aynan shunday ishlaydi.

Boshqalar tushunolmagan
tillarni tushunadi

Whisper oʼzbek tilida soʼz oʼrniga shovqin chiqaradi. sezish uni rus tili darajasida taniydi: Whisper’da yuzdan ortiq xato, sezish’da atigi toʼqqiz foiz.

Tezlik

0,4 soniya

Model Mac’ning oʼzida ishlaydi, internetga chiqmaydi. Tugmani qoʼyib yubordingiz, matn allaqachon joyida. Birorta bulutli xizmat bunga ulgurmaydi.

Oʼrnatib, unutasiz

Diskni yuklab oling, ichidagi oʼrnatuvchini ishga tushiring, ikkita ruxsat bering. Model birinchi ishga tushirishda oʼzi yuklanadi, keyin toʼliq offline ishlaydi.

macOS 14.2 va undan yangisi, Apple Silicon kerak.